O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sportchilarimizning Оsiyo o‘yinlaridagi natijalari

2017-09-27 | Sport

Turkmanistonda Yopiq inshootlarda va jang san’atlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlarining erkin kurash bahslarida yurtdoshimiz David Modzmanashvili tojikistonlik Farhod Anakulov, eronlik Yadalloh Mohebi, qozog‘istonlik Daulet Shabanbay, xitoylik Vurenbiligeni mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Umidjon Ismanov erkin kurashchilar o‘rtasida kumush, Ixtiyor Navro‘zov va Sevara Eshmuratova bronza medal sohibi bo‘ldi. 

Og‘ir atletika bo‘yicha kuch sinashgan Rustam Jangaboyev dast ko‘tarishda 199 kilogramm, siltab ko‘tarishda 243 kilogramm, jami 442 kilogramm natija ko‘rsatib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy egalladi. 

Basketbol (3x3) bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi finalga qadar barcha raqiblarini yengdi va kumush medalni qo‘lga kiritdi. 

Sambo bellashuvlarida Olim Xudoyqulov kumush, Ulug‘bek Hakimov, Irina Kulakova bronza medal bilan taqdirlandi. Kikboksingda Humoyun Farmonov, tennis bo‘yicha esa Farruh Do‘stov va Sanjar Fayziyev yakkalik bahslarida uchinchi o‘rinni egalladi. 

100 metrga erkin usulda suzish bahslarida ishtirok etgan iste’dodli sportchimiz Aleksey Tarasenko marra chizig‘ini uchinchi bo‘lib bosib o‘tdi.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Поделиться