O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Hayotimdagi eng unutilmas kun

2015-03-29 | Jamiyat

Samarqand. Shahardagi 75-saylov uchastkasida ham O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ovoz berish jarayonlari qonunda belgilangan tartibda boshlandi.

Soat 6.00. O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. So'ngra komissiya raisi ovoz berish boshlanganini e'lon qildi.

Erta tongdan saylov uchastkasiga kelgan Mirsaid Baraka nomidagi mahalla nuroniylari hamda birinchi marta saylovda ishtirok etayotgan yoshlar dastlabki ovoz beruvchilar bo'ldi.

–Mamlakatimizning yorug' kelajagi, xalqimizning yanada farovon hayotini belgilab beruvchi saylovda ishtirok etmoqdaman, – deydi 79 yoshli Bo'ri Salimov. – Saylovgacha Prezidentlikka nomzodlarning chiqishlarini ko'rib, dasturlari bilan tanishib, o'zim munosib deb bilgan nomzod uchun ovoz berdim.

Samarqand qishloq xo'jaligi instituti qoshidagi 1-akademik litsey o'quvchisi Zarnigor Yorqulova yosh saylovchilardan. U bugun birinchilardan bo'lib saylov uchastkasiga kelib, o'zi tanlagan nomzod uchun ovoz berdi.

–Hozirgina o'z konstitutsiyaviy huquqimdan foydalanib, O'zbekiston Respublikasi Prezidentini saylash bo'yicha xohish-irodamni bildirdim, – deydi Zarnigor. – Bu katta sharaf bo'lishi bilan birga, ulkan mas'uliyat ham ekan. Chunki Prezident saylovida ishtirok etish orqali mamlakatimizning kelgusi besh yildagi taraqqiyot yo'lini belgilashga o'z hissamni qo'shdim, deb o'ylayman. 2015-yil 29-mart hayotimdagi eng unutilmas kun bo'lib qoladi.

Saylov uchastkasida ovoz berish davom etmoqda.

Поделиться