O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yaponiya JNTO milliy sayyohlik tashkiloti prezidenti bilan uchrashuv
2017-09-25 | Turizm
O‘zbekistondan tashrif buyurgan maxsus delegatsiya Yaponiyaning Tokyo shahrida o‘tkazilgan Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi eng yirik «Japan Tourism Expo – 2017»ko'rgazmasida ishtirok etdi hamda O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi ko‘magida Yaponiyaning turizm sohasidagi bir nechta obro'li tashkilotlari rahbarlari bilan muzokaralar o'tkazildi.
Shulardan biri O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A. Abduhakimovning Yaponiya milliy sayyohlik tashkiloti (JNTO) prezidenti janob Ryoichi Matsuyama bilan uchrashuvi deyish mumkin.
Shuni qayd etish lozimki,Yaponiyaning JNTO kompaniyasi ichki turizmni rivojlantirishga ixtisoslashgan bo'lib, mazkur uchrashuv davomida O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida sayyohlar oqimini ko‘paytirish, shuningdek, ichki turizmni rivojlantirishga ta'sir qiluvchi omillarni tahlil qilish va umuman olganda mamlakat turizmini rivojlantirishida mintaqalarning alohida rivojlantirish dasturlarining ahamiyati haqida fikr almashildi va Yaponiyaning bu sohadagi ko'p yillik tajribasi, undan O'zbekiston sharoitiga tadbiq qilish masalasi haqida so'z bordi.