O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Afg‘oniston temir yo‘llari rahbarlari bilan uchrashuv
2017-09-24 | Siyosat
2017-yilning 23-sentabr kuni Termez shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Afg‘oniston Islom Respublikasi delegatsiyalari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Afg‘oniston Temir yo‘llari boshqarmasi bosh direktori Mohamad Yama Shams boshchiligidagi delegatsiya tarkibidan Afg‘oniston Prezidentining MDH ishlari bo‘yicha Maxsus vakili ofisi, tashqi ishlar va moliya vazirliklari vakillari ham o‘rin olgan.
Uchrashuvda temir-yo‘l transporti sohasida O‘zbekiston va Afg‘oniston hamkorligiga doir muhim ikki tomonlama hujjatlar loyihalari muhokama qilindi.