O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Plastik kartochkalar bo‘yicha tariflar rejasi yangilandi

2017-09-19 | Iqtisodiyot

Markaziy bank va O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasi banklararo chakana to‘lov tizimida mijozlarga xizmat ko‘rsatishda “so‘m” plastik kartochkalari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirishda bank va nobank kredit tashkilotlari uchun amaldagi tavsiyaviy tariflar rejasiga ayrim o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritdi, deya xabar beriladi Markaziy bankning rasmiy sayti.

Ushbu o‘zgarish va qo‘shimchalar mamlakatimiz Prezidentining “Pul muomalasini yanada takomillashtirish va bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitoblarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori va “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni doirasida qabul qilindi. Joriy etilgan tarif rejasiga ko‘ra, yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning to‘lov terminallari uchun to‘laydigan ijara haqi ilgari mos ravishda 5 va 2,5 yevrogacha ekvivalentda o‘rnatilgan bo‘lsa, endilikda ular so‘mga o‘tkazilib, mos ravishda 25 ming va 15 ming so‘m etib belgilandi. 

Ilgari jismoniy shaxslarga yo‘qotilgan yoki shikastlangan plastik kartochkalari o‘rniga yangisi berilganda 5 yevro ekivalentigacha, yuridik va yakka tartibdagi tadbirkorlardan esa 10 yevrocha ekvivalentda olinardi. Endilikda ayni xizmatlar uchun jismoniy shaxslardan 10 ming so‘mgacha, yuridik va yakka tartibdagi tadbirkorlardan 15 ming so‘mgacha haq olish tavsiya etildi. 

Yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkor uchun korporativ plastik kartochkani emissiya qilishda tijorat banklari 5 yevrogacha ekvivalentda olishardi. Yangi tavsiyalarga muvofiq bu xizmat turiga o‘rnatilgan tarif 15 ming so‘m etib belgilandi. 

Jismoniy shaxslar plastik kartochkalarini (ish haqi, pensiya, nafaqa, stipendiya va oilaviy kartochkalar)ni emissiya qilish, plastik kartochkalarni blokirovka (shu jumladan, “stop-list”ga) qo‘yish va chiqarish kabi xizmatlar bepul ko‘rsatiladigan bo‘ldi. 

Tijorat banklari plastik kartochkalardan foydalanuvchilarning ularni ishlatishdan manfaatdorligini oshirishga yo‘naltirilgan turli xil bonus, diskont va rag‘batlantiruvchi xizmatlarni amaliyotga tadbiq etish borasidagi ishlari izchil davom ettiriladi.

Поделиться