O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sog‘liqni saqlash vaziri A.Shadmanov JSST Bosh direktori T.Gebreyesus bilan uchrashdi

2017-09-15 | Jamiyat

Avval xabar berganimizdek, shu yilning 11 sentyabrdan boshlab, Vengriyaning Budapesht shahrida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSTT)ning Yevropa mintaqaviy byurosining 67 sessiyasi o‘z ishini boshladi. Unda Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov boshchiligida O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.

Dunyoning turli mamlakatlari tajribasi bilan tanishish, ilg‘or amaliyotlarni o‘rganish va ularni hayotga tatbiq etish hamda aholi salomatligi bilan bog‘liq muammolarga samarali yechim topish mazkur nufuzli anjumanning maqsadlaridan biri bo‘ldi. Bundan tashqari, JSTTning Yevropa mintaqaviy byurosiga a’zo 53 ta davlat, jumladan, O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etayotgan mazkur sessiyada xalqaro tashkilotning 2019 2023 yillarga mo‘ljallangan umumiy ish dasturi, «Salomatlik-2020» siyosatini amalga oshirish, bunda inson salomatligi va bo‘lajak nasllar kamolotiga salbiy ta’sir etadigan tibbiy-ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik muammolarni oldini olish kabi qator dolzarb masalalar xam keng muhokama qilinmoqda.

Budapesht safari davomida Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov JSST Bosh direktori Tedros Gebreyesus va JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Jujanna Yakab bilan ikki tomonlama alohida uchrashuv o‘tkazdi. O‘zaro muloqotlar chog‘ida mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar darajasining oshirilayotgani, shuningdek, sohada qabul qilinayotgan me’yoriy hujjatlar, istiqboldagi rejalar va dasturlar haqida ma’lumot berildi.

Suhbat davomida T.Gebreyesus va Jujanna Yakab mamlakatimizda Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev boshchiligida hayotga tatbiq etilayotgan barcha huquqiy hujjat va dasturlar aholiga g‘amxo‘rlikning barcha zarur jihatlarini qamrab olayotganligi, O‘zbekiston tibbiyot tizimida ham o‘zining oqilona strategiyasi, siyosati va ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olganligini e’tirof etishdi. Shuningdek, ular O‘zbekiston va JSST o‘rtasida mamlakatimiz manfaatlarini himoya qiluvchi ko‘p tomonlama o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga har doim tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Uchrashuv davomida JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Jujanna Yakab bilan Sog‘liqni saqlash vaziri A.Shadmanov ikki yilga mo‘ljallangan o‘zaro hamkorlik shartnomasini ham imzolashdi.

Поделиться