O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

"Mobil kassirlar" xizmati joriy qilinadi

2017-09-14 | Iqtisodiyot

Milliy matbuot markazida "O‘zsanoatqurilishbank" ATB tomonidan aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar va bankning kelgusidagi rejalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

"O‘zsanoatqurilishbank" boshqaruvi raisi o‘rinbosari O.Alimardonov va boshqalar bank tizimida jismoniy hamda yuridik shaxslarga xizmatlar ko‘rsatish jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng joriy etilayotganini ta’kidladi. 

Bankda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda mijozlarga ko‘rsatilayotgan zamonaviy xizmatlar turi ko‘paymoqda. «Internet banking», «Shaxsiy kabinet», «UzPSB-mobile» kabi xizmatlar shular sirasidandir. Ayni vaqtda bu xizmatlardan foydalanayotgan 33 mingdan ko‘proq mijoz vaqtini tejash va mablag‘larini tezkor tasarruf etishga erishmoqda. Bu esa bank uchun ham foydali bo‘lib, mijozlar safini kengaytirish, iqtisodiy samaradorlikni oshirish va mehnat resurslarini tejash imkonini bermoqda. 

– "Internet banking" xizmati yuridik mijozlarga masofadan turib onlayn tarzda o‘zlariga biriktirilgan elektron raqamli imzo kaliti bilan bankdagi xisobraqamlarini nazorat qilish, to‘lovlar o‘tkazish va kerakli hisobotlar olish imkonini beradi, – deydi bank boshqarma boshlig‘i Abror Kenjayev. – Masofaviy xizmatlar vaqtni tejaydi, to‘lovlarni bank ish rejimidan qat’iy nazar, xohlagan vaqtda amalga oshira oladi. Shuningdek, bu orqali kreditlarni qaytarish, plastik kartadagi qoldiq haqida axborotlarni olish, tashkilot xodimlariga oylik ish haqini plastik kartalariga tushirib berish va boshqa qulayliklardan foydalanish mumkin. 

«UzPSB-mobile» dasturi ham o‘ziga xos bo‘lib, hozir oltmishdan ortiq korxona undan foydalanmoqda. U bilan kredit qarzdorliklarini to‘lash va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga to‘lovlarni real vaqt (onlayn) rejimida mijozning plastik kartasi orqali naqd pulsiz amalga oshirish mumkin. 

Tadbirda zamonaviy innovatsion bank xizmatlari, avvalo, inson manfaatlariga qaratilgani, kelgusida masofaviy bank xizmatlarining yangi turlarini, xususan, "Mobil kassirlar" xizmatini joriy qilish, operatsiyalar ko‘lamini kengaytirish borasidagi tizimli ishlar haqida ma’lumotlar berildi. Jurnalistlarning savollariga javob qaytarildi.

 

Sayyora Shoyeva, O‘zA

Поделиться