O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Samarqandda radioaloqa texnologiyalaridan foydalanish masalalari muhokama qilinmoqda
2017-09-13 | Texnologiyalar
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rasmiy saytida xabar berilishicha, Samarqand shahrida boshlangan Aloqa sohasidagi hududiy hamdo‘stlik tashkiloti tarkibiga kiruvchi, Radiochastota spektrini boshqarish, Radiouzatish bo‘yicha, shuningdek, Radioaloqa assambleyasiga va Xalqaro Elektraloqa Ittifoqining Butunjahon radioaloqa anjumaniga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha Ishchi guruhlar yig‘ishilishi 15 sentyabrga qadar davom etadi.
Tadbirda Ozarboyjon, Armaniston, Belorusiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya hamda yurtimizdan, shu bilan birga, Aloqa sohasidagi hududiy hamdo‘stlik tashkiloti ijroya qo‘mitasi, Xalqaro Elektraloqa Ittifoqi, Xalqaro radiohavaskorlar kengashi, GSM (Global System for Mobile Communications) mobil aloqa assotsiatsiyasi hamda boshqa muassasalarning 80 dan ziyod mutaxassislari ishtirok etmoqda.