O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Buxoro delegatsiyasi Malayziyada
2017-09-11 | Turizm
Аввалроқ хабар берганимиздек, Ўзбекистон ва Малайзия давлатлари ўртасида туризм соҳасида ҳамкорликни янада ривожлантириш, юртимизга Малайзиядан ташриф буюрувчилар сонини ошириш мақсадида Ўзбекистон Республикаси туризмни ривожлантириш давлат қўмитаси раҳбарияти Малайзия сайёҳлик агентликлари ва компаниялари ассоцияцияси (МАТТА) вице-президенти М.Акил билан музокаралар олиб борган эди.
Olib borilgan muzokaralar natijasida Malayziya tarafidan 2017 yil 8-10-sentabr kunlari Kuala Lumpur shahrida bo‘ladigan ko‘rgazmaga Buxoro viloyatining turistik kompaniyalar va hunarmand-ustalardan iborat delegatsiyasi taklif etilgan edi.
Ushbu taklifdan kelib chiqib, Janubi-sharqiy Osiyodagi yetakchi sayyohlik ko‘rgazmalari qatoriga kirgan “MATTA FAIR-2017” Xalqaro turistik yarmarkasi ishida Buxoro viloyati delegatsiyasi Malayziyaga tashrif buyurdi va turizm tashkilotlari uchun 4 ta pavilardan birida maxsus stend bepul taqdim etildi.
Buxoro viloyati hokimining turizm ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Botir Shaxriyorov boshchiligidagi turistik tashkilotlar va hunarmand-ustalardan iborat delegatsiyasi “MATTA FAIR–2017” Xalqaro turistik yarmarkasida ishtirok etishmoqda.
Buxoroning yetakchi “Authentic Travel”, “Silk road Voyages”, “Classic tour”, “East line tour” , “Ark Travel” sayyohlik kompaniyalari viloyatning turizm stendi bilan ishtirok etib, mavjud turizm imkoniyatlari va infratuzilmasi, yangi turistik yo‘nalishlar to‘g‘risida ma’lumotlar bermoqdalar. Shuningdek, dunyoning yetakchi turistik tashkilotlari bilan birgalikda muzokaralar olib borib, viloyatimiz uchun kerakli shartnomalar imzolashda o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.