O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Kelajak energiyasi namoyishi xalqlarni birlashtirdi

2017-09-11 | Iqtisodiyot

Ostona, 10-sentabr. O‘zA maxsus muxbiri Bekzod Hidoyatov xabar qiladi. 

Qozog‘istonda 10-sentabr kuni “Astana EXPO – 2017” xalqaro ixtisoslashgan ko‘rgazmaning rasmiy yopilish marosimi o‘tkazildi. Unda qator davlat rahbarlari va xalqaro delegatsiyalar yetakchilari ishtirok etdi. 

Uch oy davom etgan ko‘rgazmada O‘zbekiston, Rossiya, AQSh, Xitoy, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Yaponiya, Turkiya, Hindiston, Vetnam, Armaniston, Pokiston, Ozarbayjon, Belarus, Kuba, Turkmaniston, Ruminiya, Braziliya, Gruziya kabi 120 ga yaqin davlat o‘zining texnologik, ilmiy, madaniy yutuqlarini namoyish etdi. Shuningdek, 20 dan ortiq xalqaro tashkilot qatnashdi. 

“Kelajak energiyasi” mavzuida o‘tkazilgan ko‘rgazma, uning doirasida tashkil etilgan xalqaro konferensiyalar sayyoramiz kelajagiga bevosita ta’sir ko‘rsatayotgan energiya iste’moli muammosi jahon hamjamiyatini tashvishga solayotganini ochib berdi. 

Sanoatlashtirish ramzi, texnik va texnologik yutuqlar namoyishi uchun ochiq platforma hisoblangan EKSPO ko‘rgazmasi millionlab odamlar e’tiborini tortdi, unga 5 milliondan ziyod mehmon tashrif buyurdi. 

Mamlakatimiz ko‘rgazmada samarali ishtirok etdi. Umumiy maydoni 1 ming 180 kvadrat metrni tashkil etgan pavilyonga minglab mehmonlar, mutaxassislar tashrif buyurdi. Yurtimizning avtomobilsozlik, yuqori texnologiyalar, robototexnika, turizm, agrar sohalarda erishgan yutuqlari aks ettirilgan stendlar ularda katta qiziqish uyg‘otdi. Istiqbolli hamkorlikka oid qator shartnomalar imzolandi. 5-sentabr kuni O‘zbekiston milliy kuni o‘tkazildi. 

“Astana EXPO – 2017” ko‘rgazmasining yopilish marosimida bu yilgi tadbir 1851-yildan buyon an’anaviy o‘tkazib kelinayotgan xalqaro yarmarkaning mantiqiy davomi bo‘lgani, dunyo xalqlarini birlashtirishga katta hissa qo‘shgani, uni o‘tkazish va yarmarkada ishtirok etish istagini bildirayotgan mamlakatlar safi tobora kengayib borayotgani ta’kidlandi. 

Xalqaro ixtisoslashgan ko‘rgazmaning rasmiy yopilish marosimi teatrlashtirilgan konsert dasturi va mushakbozlik bilan nihoyasiga yetdi. 

Navbatdagi xalqaro ixtisoslashgan ko‘rgazma 2020-yil Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida o‘tkaziladi. 

Поделиться