O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga keldi
2017-09-09 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan 9-sentabr kuni Ostona shahriga keldi.
Davlatimiz rahbarini Ostona xalqaro aeroportida Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Asqar Mamin va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Shavkat Mirziyoyev 10-sentabr kuni Islom hamkorlik tashkilotining Fan va texnologiyalar bo‘yicha birinchi sammitida hamda "EXPO-2017" xalqaro ixtisoslashgan ko‘rgazmasining rasmiy yopilish marosimida ishtirok etadi.
Prezidentimizning xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi ham rejalashtirilgan.