O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xitoy delegatsiyasi tashrifi to‘g‘risida
2017-09-08 | Siyosat
2017-yilning 9-10-sentabr kunlari Xitoy Kommunistik partiyasining Siyosiy byurosi a’zosi, XKPning Markaziy qo‘mitasi Siyosiy-yuridik komissiyasi kotibi, Hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Xitoy hukumatlararo qo‘mitasining hamraisi Men Szyanchju boshchiligidagi Xitoy Xalq Respublikasi delegatsiyasi O‘zbekistonda bo‘ladi.
Xitoy vazirliklari va idoralari, yetakchi kompaniyalari hamda firmalarining vakillari tarkibidagi Xitoy delegatsiyasi Toshkentdagi Hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Xitoy hukumatlararo qo‘mitasining 4-yig‘ilishi va ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining biznes-forumida ishtirok etadi.
Tashrif dasturiga ko‘ra Buxoro shahrida bo‘lish ham rejalashtirilgan.