O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovga bag‘ishlangan kichik varaqning chiqarilishi haqida Press-reliz

2017-09-06 | Jamiyat

O‘zbekiston xalqi istiqlol yillarida erishilgan barcha yutuqlarni haqli ravishda Islom Abdug‘aniyevich Karimov nomi va faoliyati bilan bog‘laydi.

Islom Karimovning bevosita rahbarligi ostida mustaqil O‘zbekiston davlati va davlatchiligini barpo qilish, demokratik fuqarolik jamiyati qurish asoslari yaratildi, yangi asrda mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari ishlab chiqildi, yorug‘ istiqbol yo‘lida xalqni birlashtirib, uni ulug‘ maqsadlar sari boshlab bordi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorini hamda “O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish” chora-tadbirlari rejasini bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning merosiga bag‘ishlangan maxsus pochta markalari (9ta markadan iborat) kichik varaq ko‘rinishida tayyorlandi.

 

 

Pochta markalarida Islom Karimovning bevosita rahbarligi ostida mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlari va voqealari mujassamlashgan.

Pochta markalari turkumining chiqarilishi “Oq saroy” oldidagi Islom Abdug‘aniyevich Karimovga bag‘ishlangan yodgorlik majmuasining va haykalining ochilishi vaqtiga to‘g‘ri keltirilgan.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovga bag‘ishlangan pochta markalari turkumi muomalaga kiritildi. Kichik varaq uchun 4 xil rangdagi sovg‘abop buklet tayyorlangan (klyasser).

Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Pochta markalarining perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Kichik varaqning o‘lchami 165x145mm. Pochta markalarining o‘lchami 42x30 mm. Adadi 7 ming nusxa. Foto – Kurbanbayev F., Dizayner - Kaneves Ye. Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallari o‘rnatilgan.

Поделиться