O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Turizm bo‘yicha xalqaro videorolik musobaqasi
2017-09-06 | Turizm
O‘zbekiston videoroligiga ovoz beramiz!
BMTning Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) a‘zo 156 mamlakatning turistik salohiyatini targ‘ib qilish maqsadida eng yaxshi sayyohlik videoroligi nominatsiyasi bo‘yicha tanlov e’lon qilgan edi.
Iyul oyida yakuniga yetgan saralash natijasida “Tomoshabinlar tanlovi” nominatsiyasi yakuniy bosqichida ishtirok etish uchun UNWTO komissiya a‘zolari tomonidan O‘zbekistonning gastronomik roligi tanlab olindi .
Yakuniy bosqich esa joriy yilning 11 sentabrigacha davom etib, eng ko‘p ovoz to‘plagan mamlakat video roligi g‘olib deb topiladi. Ushbu imkoniyatdan foydalanib, yurtimiz oshxonasiga bag‘ishlangan video rolik uchun ovoz berishingizni so‘raymiz.
Buning uchun quyidagi sahifaga kirib, anketaga ismingiz, elektron manzilingiz va ovoz berayotgan mamlakat nomini kiritasiz. Musobaqaga tanlab olingan barcha roliklar bilan tanishib chiqish uchun maxsus sahifaga o'tishingiz mumkin. Har bir ovoz ahamiyatga ega. Sizning va do‘stlaringizning faol ishtiroki O‘zbekiston sayyohlik brendini yanada tanilishiga o‘z hissasini qo‘shadi.
Tanlovning barcha nominatsiyalari g‘oliblari 11-16 sentabr kunlari Xitoyning Chendu shahrida bo‘lib o‘tadigan UNWTO Bosh Assambleyasining 2-sessiyasida e’lon qilinadi.
Tanlov natijalari haqida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda UNWTO ning O‘zbekistondagi “Ipak Yo‘li ofisi” qo‘shimcha xabar beradi.