O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari – davr talabi

2005-11-20 | Texnologiyalar

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida axborot-kommunikatsiya sohasini jadal ravnaq toptirish, fuqarolarni zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlari bilan to'liq ta'minlash borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda axborot texnologiyalaridan to'g'ri, unumli va oqilona foydalana oladigan mutaxassislarni tayyorlash muhim o'rin tutadi.

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi tomonidan madaniyat, san'at va sport sohasi mutaxassislari uchun tashkil etilgan AKTdan foydalanish bo'yicha malaka oshirish kurslari shu maqsadga xizmat qiladi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 27-martdagi "Davlat va xo'jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi bo'yicha malakasini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori ijrosi doirasida mazkur institutdagi tarmoq
markazi negizida tayanch o'quv markazi tashkil etilgan. Unda Madaniyat va sport ishlari vazirligi tasarrufidagi davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari rahbarlari va mutaxassislari, oliy va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi pedagog kadrlariga axborot texnologiyalari bo'yicha saboq beriladi.

Ishlab chiqilgan rejaga asosan yurtimizdagi barcha muzeylar, Andijon viloyati madaniyat va aholi dam olish markazlari direktorlari, Toshkent shahri va Qashqadaryo viloyati madaniyat va sport ishlari boshqarmalari mutaxassislari sohaga oid bilimlarini mustahkamladi.

– Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi barcha tarmoqlarda sohaga oid bilimlarni muntazam oshirib borishni taqozo etmoqda, – deydi Qarshi tumani madaniyat va sport ishlari bo'limi boshlig'i Narzulla Abdullayev. – Buni hamma sohada axborot oqimining tez sur'atda o'sishi va keng ko'lamliligi bilan izohlash mumkin. Malaka oshirish kurslarida
bu borada ko'plab zarur ma'lumotlarga ega bo'ldik.

Mashg'ulotlar davomida elektron hukumat, internet tizimi, multimediya vositalari, masofaviy ta'lim va mutaxassislik sohasida elektron dasturlardan foydalanish kabi mavzularda ma'ruzalar tinglandi.

Поделиться