O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv
2017-09-05 | Siyosat
2017-yil 4-sentabr kuni Bishkek shahriga amaliy tashrif bilan kelgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev bilan uchrashdi.
Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga 5-sentabr kuni boshlanadigan davlat tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amaliy masalalar muhokama qilindi, shuningdek, mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakuniga ko‘ra vazirlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasi to‘g‘risida Shartnoma loyihasi kelishilganligi to‘g‘risida imzo chekildi. Ushbu hujjat davlatlararo chegaralar umumiy uzunligining 80 foizini tashkil etuvchi 1170,53 km qismini aniqlaydi.