O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Xyuman Rayts Votch” xalqaro nodavlat tashkiloti delegatsiyasi a’zolari bilan uchrashuv haqida

2017-09-05 | Siyosat

2017 yil 4 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi o‘rinbosari S. Artikovaning “Xyuman Rayts Votch” xalqaro nodavlat tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha bo‘limi direktori X. Uilyamson rahbarligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Suhbat boshida Senat Raisi o‘rinbosari mehmonlarga Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ishlab chiqilgan hamda loyihasi keng umumxalq muhokamasiga qo‘yilgan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” haqida batafsil axborot berdi.

Mazkur strategik hujjat olib borilayotgan islohotlarning samaradorligini tubdan oshirishga, davlat va jamiyatning har tomonlama hamda jadal rivojlanishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratishga, mamlakatimizni modernizatsiya qilish va hayotning barcha sohalarini erkinlashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni ro‘yobga chiqarishga qaratilgan.

Ta’kidlanganidek, ushbu maqsadlar yo‘lida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev 2017 yilni “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qildi.

Buning negizida odamlarning munosib turmush darajasini ta’minlash, aholini tashvishga solayotgan hayotiy muammolarni o‘z vaqtida hal etish maqsadida u bilan aloqada bo‘lishning yangi samarali mexanizmlarini joriy etish, shuningdek qo‘yilgan vazifalar hal etilishi uchun davlat organlari javobgarligini oshirish maqsadi yotadi.

Поделиться