O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston Prezidentining Qirg‘izistonga davlat tashrifiga doir
2017-09-04 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Prezident Almazbek Atamboyevning taklifiga binoan 2017-yil 5-6-sentabr kunlari davlat tashrifi bilan Qirg‘iziston Respublikasida bo‘ladi.
Oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlari o‘zaro munosabatlarni rivojlantirishning asosiy masalalari, siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash istiqbollari, mamlakatlarimizning chegaraoldi hududlari aloqalarini faollashtirish, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro muammolarni muhokama qiladilar.
Muzokaralar yakunlari bo‘yicha ikki davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti, O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasi haqidagi shartnoma, mamlakatlarimiz o‘rtasida turli sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan boshqa qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.