O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Poytaxtimizdagi Do‘stlik bog‘ida mustaqilligimizning 26 yilligiga bag‘ishlab bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi
2017-09-02 | Jamiyat
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan tadbirga turli vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari, milliy madaniy markazlar, mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan diplomatik korpus vakillari taklif etildi.
Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari K.Eshonxo‘jaev va boshqalar Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov asos solgan millatlar va diniy konfessiyalar o‘rtasidagi o‘zaro ahillikni ko‘z qorachig‘idek asrash, jamiyatimizda ijtimoiy barqarorlik, mehr-oqibat, hamjihatlik muhitini mustahkamlashga oid ibratli sa’y-harakatlar bugun ham izchil davom ettirilayotganini ta’kidladi.
Istiqlol yillarida milliy madaniy markazlar faoliyatini yanada rivojlantirish yuzasidan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.