O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bugun bokschilarimiz jahon chempionatining yarim final yo‘llanmasi uchun bahslashadi

2017-08-29 | Sport

Germaniyaning Gamburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionatining ikkinchi davra bahslari yakunlandi.

Chempionatda 60 kilogramm vazn toifasida ishtirok etayotgan yurtdoshimiz Elnur Abduraimov ushbu bosqichda armanistonlik Karen Tonakanyanni mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, vazni 69 kilogramm bo‘lgan Shahram G‘iyosov ukrainalik Legenli Barabanov ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi. 

Eng og‘ir vazn toifasida bellashayotgan bokschimiz Bahodir Jalolov daniyalik Kem Larsenni bir yarim daqiqada texnik nokautga uchratdi. Shuningdek, Jasurbek Latipov (52 kg) bolgariyalik Daniel Asenovni, Bektemir Meliqo‘ziyev (81 kg) rossiyalik Muslim Gadjimagomedovni yengdi. 

29-avgust kuni bo‘lib o‘tadigan chorak final bellashuvlarida Iqboljon Xoldorov germaniyalik Artem Xarutyunyan, Hasanboy Do‘smatov hindistonlik Amit, Isroil Madrimov AQSh vakili Troy Isley, Sanjar Tursunov niderlandiyalik Roy Korvin, Elnur Abduraimov gruziyalik Otar Yernosyan, Bahodir Jalolov qozog‘istonlik Kamshibek Kunkabayev, Shahram G‘iyosov angliyalik Pet Makkormak, Jasur Latipov kolumbiyalik Avila Segura, Bektemir Meliqo‘ziyev qozog‘istonlik Yerik Aljanovga qarshi ringga ko‘tariladi.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Поделиться