O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

To‘rt bokschimiz chorak finalda

2017-08-28 | Sport

Germaniyaning Gamburg shahrida boks bo‘yicha o‘tkazilayotgan jahon chempionatida mamlakatimiz terma jamoasi a’zolari Iqboljon Xoldorov, Sanjar Tursunov, Hasanboy Do‘smatov va Isroil Madrimov ikkinchi davra bahslarida zafar quchib, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

I.Xoldorov 64 kilogramm vazn toifasida kolumbiyalik Jon Guterresga qarshi ringga ko‘tarilib 5:0 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, 91 kilogrammlik charm qo‘lqop ustalari o‘rtasidagi bellashuvda S.Tursunov argentinalik Yara Peraltaga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. 

Hasanboy Do‘smatov (49 kg) Kosta-Rika vakili Robinson Rodriges bilan bahslashdi. Mazkur jangda o‘zining tezkor va aniq zarbalari hamda yuksak texnikasini namoyish etgan Hasanboy raqibini yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi. 75 kilogramm vazn toifasida bellashayotgan Isroil Madrimov turkmanistonlik Aziz Achilovni uchinchi raundda texnik nokautga uchratib, g‘olib bo‘ldi. 

Murodjon Ahmadaliyev (56 kg) qozog‘istonlik Qayrat Yeraliyevga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. 

Jahon chempionatining bugun bo‘lib o‘tadigan bahslarida Shahram G‘iyosov va ukrainalik Yevgeniy Barabanov, Bahodir Jalolov va daniyalik Kem Larsen, Elnur Abduraimov va armanistonlik Karen Tonakanyan, Jasur Latipov va bolgariyalik Daniyel Asinov, Bektemir Meliqo‘ziyev va rossiyalik Muslim Gadjimagomedov chorak final yo‘llanmasi uchun kuch sinashadi.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Поделиться