O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

UNWTO Bosh kotibi bilan uchrashuv

2017-08-27 | Siyosat

2017-yilning 27-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Markaziy Osiyo uyg‘onish davrining dunyo tamadduni tarixidagi o‘rni” nomli xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan BMT Butunjahon sayyohlik tashkilotining (UNWTO) Bosh kotibi Taleb Rifai bilan uchrashdi.

Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston bilan UNWTO o‘rtasidagi munosabatlarning hozirgi holati va ularni chuqurlashtirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. Mamlakatimiz mazkur tashkilot faoliyatida 1993-yildan buyon ishtirok etadi.

O‘zbekistonning tashabbusiga ko‘ra UNWTO doirasida mintaqamizda turizm rivojlanishini rag‘batlantirgan qator hujjatlar – «Buyuk ipak yo‘lida turizmni rivojlantirish to‘g‘risida Samarqand deklaratsiyasi» (1995-yil), «Turizm va madaniy merosni saqlab qolish bo‘yicha Xiva deklaratsiyasi» (1999-yil), «Ipak yo‘li bo‘ylab turizm bo‘yicha Buxoro deklaratsiyasi» (2002-yil) qabul qilingan.

Uchrashuvda o‘zbek xalqining boy tarixiy, me’moriy, madaniy merosi asosida hamkorlikning mavjud salohiyatlarini bosqichma-bosqich amalga oshirishga ikki tomonda ham qiziqish borligi qayd etildi.

Muloqot davomida UNWTO huzurida Markaziy Osiyo bo‘yicha Mintaqaviy komissiyani tashkil etish masalalari hamda tomonlarni qiziqtirgan boshqa mavzular muhokama qilindi.

Поделиться