O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Sharq taronalari” XI xalqaro musiqa festivalining konsert dasturlari boshlandi

2017-08-25 | Madaniyat

Samarqand shahrida “Sharq taronalari” XI xalqaro musiqa festivali doirasidagi tanlov dasturining birinchi kuni o‘tkazilmoqda. 

Tanlovni Afg‘oniston Islom Respublikasining “Safar” ansambli boshlab berdi. Keyin sahnaga Gretsiyaning “Entopia” guruhi taklif etildi. Hozir Germaniyaning “Reinxard reissner” jamoasi yig‘ilganlarni o‘zining musiqiy dasturi va kuy-qo‘shiqlari bilan bahramand etmoqda. 
 

Shuningdek, tanlov dasturining birinchi kunidan Azarbayjon, Nepal, Qozog‘iston, Belgiya, Rossiya, O‘zbekiston mamlakatlarining “Sohib Poshozoda”, “Kanta Dab Dab”, “Uljan Baibosinova”, “Limbrant”, “Razdole”, “Registon” ansamllarining chiqishi o‘rin olgan. 

Samarqand shahrining amfiteatri va boshqa madaniy-marifiy maskanlarida festival qatnashchilari ishtirokida musiqiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. 
 

 

Bekzod Hidoyatov, O‘zA 

Поделиться