O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Isroil Elchisi bilan uchrashuv
2017-08-25 | Siyosat
2017-yilning 25-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Isroil Davlatining yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Eduard Shapirani qabul qildi.
Elchi Vazirga o‘z ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Isroil munosabatlari holati va uni yanada rivojlantirish, xususan savdo-iqtisodiy va investitsion sohalarda kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
Muzokaralarda ba’zi mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan ham fikr almashildi.