O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatida to‘liq tarkibda qatnashadi

2017-08-25 | Sport

Bugun Germaniyaning Gamburg shahridagi «Sporthalle» sport majmuasida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionati bahslari boshlanadi. 

Unda dunyoning 85 davlatidan kelgan eng kuchli 280 bokschi 10 vazn toifasida g‘oliblik uchun kuch sinashadi. Mazkur chempionatda O‘zbekiston terma jamoasi to‘liq tarkibda qatnashadi. 

Sanjarbek Tursunov bugun 91 kilogramm vazn toifasida bo‘lib o‘tadigan bahsda nikaragualik Jeferiy Gonzalezga qarshi ringga ko‘tarilsa, 26-avgust kungi bellashuvlarda 52 kilogrammda iste’dodli bokschimiz Jasur Latipov puerto-rikolik Yankiyel Figuyeroa River bilan raqobatlashadi. 

Bosh murabbiy Marat Qurbonov qo‘l ostidagi terma jamoamiz a’zolari Hasanboy Do‘smatov, Murodjon Ahmadaliyev, Elnur Abduraimov, Iqboljon Xoldorov, Shahram G‘iyosov, Isroil Madrimov, Bektemir Meliqo‘ziyev, Bahodir Jalolov bahslarga ikkinchi davradan qo‘shiladi.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Поделиться