O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

ShHT ga a’zo davlatlar favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish masalalari bilan shug‘ullanuvchi idoralari rahbarlarining to‘qqizinchi yig‘ilishi

2017-08-25 | Siyosat

2017 yilning 24 avgust kuni Qirg‘iziston Respublikasining Cholpon-Ota shahrida Shanhay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish masalalari bilan shug‘ullanuvchi idoralari rahbarlarining to‘qqizinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Hindiston, Xitoy Xalq Respublikasi, Pokiston Islom Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi va Tojikiston Respublikasining Favqulodda vaziyatlar vazirlari, tegishli mutaxassislari, ShHT kotibiyati, shuningdek, taklif qilingan mehmonlar sifatida Xalqaro fuqaro mudofaasi tashkiloti hamda Favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish markazi rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar ShHTga a’zo davlatlarda 2015-2017 yillar mobaynida sodir bo‘lgan yirik favqulodda vaziyatlar, ular keltirgan talofatlar, shu bilan birga, ShHT doirasida kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasidagi istiqbolli hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Kunning ikkinchi yarmida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirlari R.Djuraev va V.Puchkovlarning ikkitomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida 2017-2018 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirliklari o‘rtasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha tadbirlar rejasi imzolandi. Shu bilan bir qatorda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasida ikkitomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari hamda yuqorida ko‘rsatilgan tadbirlar rejasini amalga oshirish bo‘yicha bajariladigan chora-tadbirlar xususida o‘zaro fikr almashildi.

Bundan tashqari, kun davomida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri R.Djuraev va Fuqaro mudofaasi xalqaro tashkiloti bosh direktori V.Kuvshinovlarning ikkitomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida 2018-2020 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi va Fuqaro mudofaasi xalqaro tashkiloti o‘rtasida aholi va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida hamkorlik bo‘yicha tadbirlar rejasi imzolandi. Samimiy uchrashuvda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasida ikkitomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalariga to‘xtalib o‘tildi.

Yig‘ilish konstruktiv va do‘stona muhitda o‘tdi. Tomonlar uchrashuv davomida erishilgan natijalardan qoniqish hosil qildilar va o‘z navbatida, ushbu tadbirga yuqori saviyada tayyorgarlik ko‘rilganligi va o‘tkazilganligi uchun Qirg‘iziston Respublikasiga samimiy minnatdorchilik bildirdilar.

Yig‘ilish yakunida ShHTga a’zo davlatlar favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish masalalari bilan shug‘ullanuvchi idoralari rahbarlarining to‘qqizinchi yig‘ilishi Bayoni imzolandi.

Поделиться