O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
ShHT Milliy koordinatorlari kengashining majlisi
2017-08-25 | ShHT
2017-yilning 22-25-avgust kunlari Yanchjou shahrida (Tsyansu provinsiyasi, Xitoy) Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Hindiston, Pokiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston vakillari tashkilot doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari va Davlat rahbarlari kengashi, Hukumat rahbarlari (bosh vazirlar) kengashi, Tashqi ishlar vazirlari kengashi va boshqa nizomiy organlar majlislarining kun tartibi va o‘tkazilish jadvali yuzasidan fikr almashishdi.
Xitoy tomoni o‘zining ShHTga raisligi doirasida amalga oshirish ko‘zda tutilgan harakatlar dasturini taqdim etdi.
O‘zbekiston delegatsiyasi milliy koordinatorlarga Toshkent shahrida bo‘ladigan ShHTga a’zo davlatlar Adliya vazirlari va Oliy sudlar vakillari yig‘ilishlariga tayyorgarlik jarayoni haqida ma’lumot berdi.
Majlisda ShHT kun tartibining boshqa masalalari ham ko‘rib chiqildi.