O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra 2021 yilgacha soya maydonlari qariyb 133 ming gektarga oshiriladi

2017-08-25 | Iqtisodiyot

Soya o‘simligining doni va oqsilidan to‘rt yuzdan ziyod mahsulotlar tayyorlanadi va ular xalq xo‘jaligining barcha sohalarida ishlatiladi. Shu bois, mamlakatimizda soya ekishni va soya doni yetishtirishni ko‘paytirish masalasiga alohida e’tibor berilyapti.

Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, joriy yilda Respublikamiz bo‘yicha qariyb 27 ming gektar maydonga soya ekini ekish belgilangan bo‘lib, shundan “O‘zpaxtayog‘” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi yog‘-moy korxonalari 21 ming gektardan ziyod maydonga qariyb 36 ming tonna soya donini sotib olish bo‘yicha fermer xo‘jaliklari bilan shartnomalar tuzgan. Shundan asosiy ekin maydoni uchun 2211 ta fermer xo‘jaliklari bilan 8,0 ming gektar, 14,2 ming tonna soya doni sotib olish va g‘alladan bo‘shagan takroriy maydonlarga 13,8 ming gektar, 21,7 ming tonna soya doni sotib olish bo‘yicha 3520 ta fermer xo‘jaliklari bilan shartnomalar tuzildi.

Belgilangan rejalarni amalga oshirishda soya yetishtirish bo‘yicha katta tajribaga ega bo‘lgan mamlakatlar Braziliya, Serbiya va Rossiya davlatlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Jumladan, Rossiyaning “Соевый комплекс” ma’suliyati cheklangan jamiyati bilan hamkorlik borasidagi kelishuv bitimi tuzildi.

“O‘zpaxtayog‘” aksiyadorlik jamiyati taklifiga binoan xorijlik olim va mutaxassislar Respublikamizga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida soya urug‘ligini ekishdan tortib, hosilini yig‘ib olgunga qadar bo‘lgan davrda bizning olim va mutaxassislarimiz bilan birga Respublika viloyatlariga chiqib, fermer xo‘jaliklariga o‘zlarining tavsiya va xulosalarini berdilar.

Olim va mutaxassislarning tavsiyasi bilan Respublikamizda soya ekinini asosiy va takroriy maydonlarga ekish uchun 6 xil seleksiya navlardan iborat qariyb 1000 tonna soya urug‘ligi Respublikamizga olib kelindi.

Mutaxassislarning fikricha, Rossiya Federatsiyasining Krasnodar o‘lkasida yetishtirilayotgan soya urug‘lari Respublikamizning tuproq iqlim sharoitiga mos. Ulardagi soya navlaridan bizning sharoitda ikki marta hosil olish imkoniyati mavjud.

Rossiya Federatsiyasining Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “Соевый комплекс” ma’suliyati cheklangan jamiyatining taklifiga asosan joriy yilning 10-11 avgust kuni Respublikamizning barcha hududlaridan soya yetishtiradigan fermer xo‘jalik rahbarlari va olim mutaxassislardan tashkil topgan delegatsiya Krasnodar o‘lkasida soya va moyli ekinlar bo‘yicha “Dala kuni” amaliy seminarida ishtirok etib, tajriba almashib qaytdi.

Bundan tashqari soya ekinini rivojlantirish bo‘yicha IKARDA va FAO kabi xalqaro tashkilotlarining ekspertlari va Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida fermer xo‘jaliklari, olim va mutaxassislar, “O‘zpaxtayog‘” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi korxonalarning qishloq xo‘jaligi bo‘yicha rahbar o‘rinbosarlari va mutaxassislari ishtirokida soya ekini ekish va yetishtirish agrotexnologiyasi bo‘yicha ko‘rgazmali o‘quv-seminarlari tashkil etildi.

“Soya ekinini yetishtirish va aholini soya o‘simlik moyiga bo‘lgan ehtiyojini to‘laqonli qondirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan 2017-2021 yillarda soya o‘simligi ekiladigan maydonlar bosqichma-bosqich ko‘paytirib borilishi, mazkur vaqt davomida 92 266 gektar maydonga asosiy, 40 557 gektar maydonga takroriy ekin sifatida ekilishi ko‘zda tutilgan.

Поделиться