O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
AQSh va Kanadaning Buxoro yahudiylari kongressi prezidenti bilan uchrashuv
2017-08-25 | Siyosat
2017-yilning 24-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov AQSh va Kanadaning Buxoro yahudiylari kongressi prezidenti Boris Kandovni qabul qildi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston bilan AQSh va Kanadaning Buxoro yahudiylari kongressi o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Ushbu tashkilot a’zolarining asosiy qismini kelib chiqishi o‘zbekistonliklar tashkil etadi
Uchrashuvda qayd etilganidek, mazkur Kongress O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi anglashinuvni mustahkamlash, o‘zbek madaniyatini xususan klassik musiqa sana’tini xorijda ommalashtirishda muhim rol o‘ynaydi.
Shu ma’noda madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.