O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Hay’ati ochiq majlisi bo‘lib o‘tdi
2017-08-24 | Jamiyat
2017 yil 21 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Hay’ati ochiq majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasining “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalarni 2017 yilning yanvar-iyul oylaridagi ijrosiga bag‘ishlandi.
Majlisda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Hay’ati a’zolari, markaziy apparat tuzilmaviy bo‘linmalari boshliqlari, tasarrufiy tashkilotlar rahbarlari, hududiy boshqarmalar boshliqlari, tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazlari rahbarlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zbekengilsanoat” AJ, “O‘zqurilishmateriallari” AK, “O‘zbekenergo” AJ, “O‘zfarmsanoat” AK, “O‘zkimyosanoat” AK, “Olmaliq TMK” AJ, “O‘zcharmpoyabzali” Uyushmasi singari respublika miqyosidagi manfaatdor tashkilotlar, vazirlik va idoralarning rahbar xodimlari ishtirok etdi.
Hay’at ochiq majlisida Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A.Xaitov aholining, eng avvalo, xotin-qizlar, ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish vazifalarining ijrosini ta’minlash chora-tadbirlariga asosiy e’tiborni qaratdi.
Majlisda aholini ishga joylashtirish va uning ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish borasida rejali ishlar amalga oshirilgani ta’kidlandi. Xususan, 123,3 ming nafar fuqaro ishga joylashtirildi, 4,4 ming nafari kasbga tayyorlandi, 5,6 ming nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi, 743 ta bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari o‘tkazildi.Majlisda aholini ishga joylashtirish va uning ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish borasida rejali ishlar amalga oshirilgani ta’kidlandi. Xususan, 123,3 ming nafar fuqaro ishga joylashtirildi, 4,4 ming nafari kasbga tayyorlandi, 5,6 ming nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi, 743 ta bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari o‘tkazildi.
Vazirlik tizimida ish yuritish, ijro intizomi nazoratini tashkil etish va kadrlar bilan ishlashni takomillashtirish yuzasidan olib borilayotgan amaliy ishlar to‘g‘risida ham so‘z yuritildi. Hay’at majlisida kun tartibiga qo‘yilgan barcha masalalar bo‘yicha muhokama qilindi va tegishli qarorlar qabul qilindi.