O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Hindiston vakillarining biznes-forumiga oid

2017-08-24 | Siyosat

2017 йилнинг 22 август куни Ўзбекистон Республикаси делегациясининг Деҳли шаҳрига ташрифи чоғида икки давлат ишбилармон доиралари вакиллари иштирокида Ўзбекистон-Ҳиндистон бизнес-форуми бўлиб ўтди.

Форумда Ўзбекистон Республикаси Ташқи ишлар вазири Абдулазиз Камилов, Ташқи савдо вазири Элёр Ғаниев, Инвестициялар бўйича давлат қўмитаси раисининг биринчи ўринбосари Лазиз Қудратов, Ҳиндистон савдо ва саноат давлат вазири Нирмала Ситҳараман, «Ҳиндистон-МДҲ» Савдо-саноат палатаси фахрий президенти Ражан Мадҳу, Ўзбекистон ва Ҳиндистоннинг етакчи компаниялари раҳбарлари нутқ сўзлашди.

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov forumning ochilishida so‘zlagan nutqida O‘zbekiston uchun Hindiston bilan savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikni kengaytirish, ishbilarmon doiralarimiz o‘rtasida yanada yaqin munosabatlarni o‘rnatish, respublikadagi ishlab chiqarish loyihalarida ishtirok etishga yangi hind kompaniyalarini jalb qilish muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Mamlakatimiz Hindiston bilan ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni oshirishga katta e’tibor qaratmoqda. 2017-yil iyun oyida Ostona shahrida o‘tgan ShHT sammiti doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashuvi buning isboti bo‘lib xizmat qiladi. Davlatlarimiz rahbarlarining mazkur tarixiy uchrashuvi chog‘ida barcha jabhalardagi munosabatlarimizni tubdan yaxshilash va mustahkamlash hamda ularni sifat jihatdan yangi darajaga olib chiqish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ko‘rish to‘g‘risida kelishib olindi.

Vazir e’tirof etganidek, O‘zbekiston va Hindistonning ishbilarmon doiralari ushbu jarayonning lokomotivi bo‘lishi kerak.

A.Kamilov Hindiston biznesi vakillariga mamlakatimiz iqtisodiyotining rivojlanish sur’atlari haqida qisqacha ma’lumot berdi.

2016-yil yakunlariga ko‘ra O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot 7,8%ga, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqish hajmi 6,6%ga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqish hajmi 6,9%ga, kapital qurilish hajmi 12,5%ga, chakana savdo aylanmasi hajmi 14,4%ga, xizmatlar ko‘rsatish hajmi 12,5%ga o‘sdi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning deyarli 70%ini yuqori qo‘shimcha qiymatga ega tayyor tovarlar tashkil etdi.

2017-yilning birinchi yarmida respublika YMM 2016-yilning ayni shu davriga nisbatan 7%ga o‘sdi. Olti oy davomida sanoat ishlab chiqarishi hajmi 7,6%ga, chakana savdo aylanmasi hajmi 11,1%ga, xizmatlar hajmi 11,6%ga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqish 5,8%ga oshdi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida bozor islohotlarini chuqurlashtirish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatildi.

Mazkur Strategiyaning ustuvor yo‘nalishlaridan biri makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori o‘sish sur’atlarini saqlab qolish maqsadida iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirishga qaratilgan institutsional va strukturaviy islohotlarni davom ettirish hisoblanadi.

Strategiya xususiy mulkning himoyasi va ustuvor ahamiyatini yanada kuchaytirishni, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirishni, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash orqali iqtisodiyot tarmoqlariga xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilishni ham ko‘zda tutadi.

Ayni vaqtda mamlakatimiz hukumati tomonidan tadbirkorlar va ishbilarmon doiralarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buni O‘zbekiston Prezidenti farmoni bilan tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoya qiluvchi yangi suddan tashqari mexanizm – biznes-ombudsmanning tashkil qilingani ham tasdiqlaydi. Bu o‘ta muhim iqtisodiy masalalarni hal qilishda tadbirkorlikning g‘oyatda ahamiyatli ekanligidan darak beradi.

O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida savdo-iqtisodiy munosabatlar o‘suvchan sur’atlarda rivojlanmoqda. So‘nggi besh yilda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo aylanmasi 2 barobardan ortiq ko‘paydi va 2016-yil yakunlariga ko‘ra 370 mln. AQSh dollarini, 2017-yil birinchi yarmida 166,5 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. O‘zbekistonda hind kapitali ishtirokidagi 101 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning 15 tasi 100% chet el kapitali asosida ishlamoqda.

Shu bilan birga savdo aylanmasi hajmini yanada oshirish va nomenklaturasini diversifikatsiya qilish uchun sezilarli salohiyat mavjudligini ham tan olish kerak.

Bugungi kunda O‘zbekiston tashkilotlari va kompaniyalari Hindiston bozoriga eksport mahsulotlarining keng nomenklaturasini, jumladan paxta tolasi, qayta ishlangan kalava ip, yigirilgan ip va mato, mis va undan ishlangan buyumlar, kimyoviy mahsulotlar, mineral o‘g‘itlar, elektrotexnika va kabel-o‘tkazgich, meva-sabzavot va boshqa mahsulotlarni yetkazib berishga hamda ko‘rsatiladigan xizmatlar spektrini kengaytirishga tayyor.

O‘z navbatida O‘zbekiston talab mavjud bo‘lgan tayyor sanoat mahsulotlarini, jumladan kimyoviy tovarlar, dori-darmon vositalari, tekstil va ko‘nchilik tarmoqlaridagi, informatsion texnologiyalar va telekommunikatsiyalar va boshqa sohalardagi loyihalarni ishlab chiqishni tashkil qilish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun Hindistonning yuqori texnologik kompaniyalarini jalb qilishdan manfaatdor.

Vazir forum ishtirokchilari diqqatini bugun O‘zbekistonda chet el investorlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilganiga qaratdi: soliq imtiyozlari, ishlab chiqarish asbob-uskunalarini bojxona to‘lovlarisiz olib kirish, istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga investitsiya kiritgandagi boshqa yengilliklar. Mana bir necha yildan beri Navoiyda, Angrenda, Jizzaxda erkin iqtisodiy zonalar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Yaqinda Xazoraspda, Qo‘qonda, Urgutda va G‘ijduvonda yana to‘rtta shunday zonalar tashkil etildi. Bundan tashqari Prezident farmoniga ko‘ra hozirda O‘zbekistonda farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqishga ixtisoslashgan yettita EIZ faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda.

O‘zbekiston TIV rahbari hind investorlarini mazkur erkin iqtisodiy zonalarda ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirishda keng ishtirok etishga taklif etdi.

O‘zbekiston delegatsiyasining Hindistonga tashrifi doirasida hamda biznes-forum yakunlariga ko‘ra umumiy hajmi 80 mln. AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan 22 ta shartnoma hamda umumiy hajmi 70 mln. AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan 20 ta investitsion bitim imzolandi.

Поделиться