O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Hindiston Respublikasi Vitse-prezidenti bilan uchrashuv

2017-08-24 | Siyosat

2017-yilning 22-avgust kuni Hindistonda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Hindiston Respublikasi Vitse-prezidenti Muppavarapu Venkaiah Naidu tomonidan qabul qilindi.

Vazir Muppavarapu Venkaiah Naiduga O‘zbekiston rahbariyati nomidan iliq tabrik va hurmat so‘zlarini yetkazdi va Hindiston Vitse-prezidenti etib saylangani bilan samimiy tabrikladi hamda yuqori va mas’ul lavozimda muvaffaqiyatlar tiladi.

Suhbat davomida 9-iyun kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida o‘tkazilgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi uchrashuvi chog‘ida erishilgan kelishuvlar asosida ikki tomonlama munosabatlarni yana rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek. O‘zbekiston va Hindiston vaqt sinovidan o‘tgan ko‘p asrli do‘stlik rishtalariga ega. Hindiston bilan hamkorlikni rivojlantirish O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

O‘z navbatida Hindiston tomoni Dehli uchun O‘zbekiston bilan munosabatlar ustuvor ekanligi va mamlakatimizga Markaziy Osiyodagi muhim va nufuzli davlat sifatida qarashini tasdiqladi.

Muzokaralarda ko‘p qirrali aloqalarni kengaytirishga hamda tomonlarni qiziqtirgan barcha yo‘nalishlarda aniq natijalarga erishish uchun tomonlar birgalikda faol ishlashga tayyor ekanligi qayd etildi.

Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy kun tartib masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Поделиться