O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish kafolati

2017-08-23 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi tomonidan “Tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish va sanoat tarmoqlarini faol diversifikatsiya qilish – mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish kafolati” mavzuida davra suhbati tashkil etildi. 

Qo‘mita raisi B.Niyozmatov va boshqalar mamlakatimiz iqtisodiyotining rivojida sanoatning yuqori texnologiyalariga asoslangan tarmoqlarida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalash muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. 

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari tomonidan tayyorlangan mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish belgilab qo‘yilgan. 

Harakatlar strategiyasida mineral-xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash bo‘yicha umumiy qiymati qariyb 40 milliard dollarga teng bo‘lgan 649 investitsiya loyihasini amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda. Shu bilan bir qatorda, 2017 yilda umumiy qiymati 1 milliard dollarlik 145 ishlab chiqarish quvvatlarini foydalanishga topshirish natijasida 75 dan ortiq yangi turdagi raqobatdosh tayyor mahsulotlar tayyorlash o‘zlashtiriladi. Natijada, kelgusi besh yilda mamlakatimizda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish 1,5 barobarga, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 33,6 foizdan 36 foizga, qayta ishlovchi tarmoqlarning sanoatdagi ulushi 80 foizdan 85 foizga o‘sishi ta’minlanadi. Sanoat tarmoqlaridagi yirik korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tannarxini o‘rtacha 8 foizga qisqartirishga erishiladi. 

Tadbirda mamlakatimizda sanoatning qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini yangi texnologiyalar asosida chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish, shuningdek, ishlab chiqarish tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish orqali sifat jihatidan yangi bosqichga o‘tkazish eng dolzarb masalalardan biri ekanligi ta’kidlab o‘tildi. 

Davra suhbatida muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.

 

Nurillo Nasriyev, O‘zA

Поделиться