O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Hindiston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv

2017-08-23 | Siyosat

2017-yil 22-avgust kuni Dehli shahrida rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Hindiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj bilan uchrashdi.

Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Hindiston kun tartibining dolzarb masalalari, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash istiqbollari, ayrim xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Hindiston Bosh vaziri Narendra Modining 2017-yil iyun oyida Ostona shahridagi Shanxay hamkorlik tashkiloti Sammitida ishtiroki doirasidagi uchrashuvi ikki tomon munosabatlarining muhim bosqichi bo‘ldi. Ta’kidlanganidek, oliy darajadagi uchrashuv davlatlarimiz o‘rtasidagi manfaatli aloqalarni yanada rivojlantirishning keyingi bosqichlarini belgilab berdi.

Vazirlar ShHT doirasida hamkorlik qilishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligini tasdiqlashdi.

Abdulaziz Kamilov Sushma Svarajni joriy yilning noyabr oyida Samarqand shahrida BMT shafeligi ostida o‘tkaziladigan Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash masalalarini muhokama qilish rejelashtirilayotgan xalqaro konferensiyaga taklif etdi.

Поделиться