O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston-Xitoy vazirliklararo maslahatlashuvlari
2017-08-23 | Siyosat
2017-yilning 23-avgust kuni Yanchjou shahrida (Tsyansu provinsiyasi, Xitoy) Shanxay hamkorlik tashkiloti Milliy koordinatorlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vaziri yordamchisi Li Huilai bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida ShHT doirasidagi ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari hamda Xitoyning tashkilotga joriy raisligiga oid boshqa masalalar muhokama qilindi.
2017-yil iyun oyida Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan ShHT Sammitidagi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbuslarini amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Xitoy hamkorligining qator jihatlari hamda xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan ham fikr almashildi.