O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Hindiston Bosh vaziri Maslahatchisi bilan uchrashuv
2017-08-23 | Siyosat
2017-yilning 22-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Dehli shahrida Hindiston Respublikasi Bosh vazirining Milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ajit Kumar Doval bilan uchrashdi.
Mufassal suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Tomonlarni qiziqtirgan barcha jabhalardagi munosabatlarni yanada rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston-Hindiston muloqotida ijobiy dinamika kuzatilayotgani qayd etildi.
Uchrashuvda mintaqadagi holat, jumladan Afg‘onistondagi vaziyatning o‘zgarishi, boshqa xalqaro muammolar bo‘yicha ham fikr almashildi.