O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yoshlarning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha uch oylik dastur boshlandi

2017-08-22 | Jamiyat

Toshkentdagi xalqaro Vestminster universitetida yoshlarning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha uch oylik dastur boshlandi. Mazkur dasturda talabalar qator yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan AKT loyihalari bilan ishtirok etmoqda.

Loyiha O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan mamlakatimiz Fan va texnologiyalar agentligi, BMT Taraqqiyot dasturining “O‘zbekiston biznes forumi (3-bosqich)” qo‘shma loyihasi va «Sasol» kompaniyasi vakolatxonasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. 

O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari B.Asadov, Toshkentdagi xalqaro Vestminster universiteti rektori K.Karimov va boshqalar mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. Xususan, yoshlarning bu boradagi intilish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning biznes loyihalarini moliyalashtirish davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab qo‘yilgan. 

Mazkur dasturda mamlakatimizdagi oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan to‘qsonga yaqin yigit-qiz qirqdan ortiq loyiha bilan qatnashmoqda. Jamoalar dasturiy ilovalar bo‘yicha loyihalardan tashqari, muhandislik-texnik yechimlar borasidagi ishlanmalarni ham taqdim etgan. 

Seminarda yoshlar turli yo‘nalishlarni qamrab olgan dasturlar, mahorat darslari, uchrashuvlar va boshqa tadbirlarda qatnashadi, o‘z biznes-loyihalarini himoya qiladi.

 

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA

Поделиться