O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Joriy yilning yetti oyi mobaynida mamlakatimiz vakillari xorijda o‘tkazilgan 120dan ziyod nufuzli musobaqada vatanimiz sharafini munosib himoya qilishdi

2017-08-22 | Sport

O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisi Vatanimiz mustaqilligining 26-yilligi oldidan mamlakatimiz sportchilarining xalqaro maydonda erishayotgan yutuqlari haqida gapirib berdi.

Davlatimiz rahbarining 2017-yil 9-martdagi O‘zbekiston sportchilarini 2020-yil Tokio shahrida (Yaponiya) bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlariga tayyorlashga oid qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, sport tashkilotlari bilan birga iqtidorli sportchilarni saralash va terma jamoalarni shakllantirish, sportchilarning mahaliy va xorijiy o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil etish, ularning nufuzli musobaqalardagi munosib ishtirokini ta’minlash borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Yaqinda mamlakatimiz sport delegatsiyasi kunchiqar yurtda bo‘lib navbatdagi olimpiadaga tayyorgarlik qanday borayotgani bilan tanishish, o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida ko‘plab uchrashuvlarda ishtirok etib qaytdi. 

10-avgust kuni imzolangan “Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan O‘zbekiston sportchilarini jamoat va sport ishlariga keng jalb etish hamda sportchilarni va ularning trenerlarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi qarorda sportimiz yulduzlari va ularni kamolga yetkazgan trenerlarining mashaqqatli mehnatlarini munosib taqdirlash, ularning tajribasi va salohiyatidan samarali foydalanish, oliy va maxsus ma’lumot olishlari hamda salomatliklarini tiklashlari xususida g‘amxo‘rlik qilingani e’tiborga loyiq. Mazkur qaror O‘zbekistonda sportchi va murabbiylarni moddiy rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish, ularning nufuzli xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etadigan sportchilar zaxirasini tayyorlashda munosib hissa qo‘shishlariga imkoniyat yaratadi.  

So‘nggi davrda Osiyo va jahon chempionatlarida sportchilarimiz erishayotgan yutuqlar soni va salmog‘i sezilarli darajada o‘sdi. Jumladan, joriy yilning yetti oyi mobaynida mamlakatimiz vakillari xorijda o‘tkazilgan 120dan ziyod nufuzli musobaqada vatanimiz sharafini munosib himoya qilishdi. O‘zbekistonlik sportchilar jami 773 marotaba shohsupaga ko‘tarilishdi: 292 ta oltin, 221 ta kumush, 261 ta bronza medali qo‘lga kiritildi. May oyida Toshkentda boks bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida sportchilarimiz o‘nta vazn toifasidan to‘qqiztasida oltin medallarga sazovor bo‘lishgani xalqimizning kayfiyatini ko‘tardi, ajoyib quvonchli lahzalarni hadya etdi. 

Qo‘mitamiz, tizimimizdagi mutaxassislar mamlakatimizda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish, yosh avlodni har tomonlama sog‘lom va barkamol voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik va yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, xalqaro sport maydonlarida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilishga qodir sportchilarning iste’dodini yuzaga chiqarish uchun barcha ishlarni amalga oshirishni o‘zimizning sharafli burchimiz, deb bilamiz.

Поделиться