O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Rossiya parlament delegatsiyasi bilan uchrashuv
2017-08-21 | Siyosat
2017-yilning 21-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisining Federatsiya Kengashi Raisi o‘rinbosari Ilyas Umaxanov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Suhbatda O‘zbekiston va Rossiya kun tartibi, jumladan uning muhim qismi hisoblanuvchi ikki davlat hokimiyatlarining qonunchilik organlari o‘rtasidagi muntazam almashinuvlarining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekiston-Rossiya Parlamentlararo hamkorlik komissiyasining bo‘lajak yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni amaliy jihatdan muhokama qilindi.
Uchrashuvda Rossiyaning Muvaqqat ishlar vakili Vadim Mitrofanov ishtirok etdi.