O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“O‘zbekiston xalq artistlari klubi”
2017-08-18 | Madaniyat
2017 yil 3 avgust kuni O‘zbekiston ziyolilari bilan uchrashuvida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan “O‘zbekiston xalq artistlari klubi”ni tashkil etish masalasi qo‘yilgan edi. Joriy yilning 17 avgust kuni soat 15:00da O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri B.Sayfullayev, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori A.Xaydarov hamda san’at ahlining namoyondalari Xalq artistlari va yoshlar davrasida ushbu taklif yuzasidan birinchi yig‘ilish-majlisi bo‘lib o‘tdi.
Majlisda san’atkorlarga madaniyat va san’at yo‘nalishida qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida bir qator topshiriqlar berildi. Ayniqsa, xalq artistlari tomonidan yoshlarga saboqlar, mahorat darslari, kiyinish madaniyati va sahna odobini o‘zlashtirishda katta e’tibor berilishini Madaniyat vaziri tomonidan ta’kidlab o‘tildi.
“O‘zbekiston xalq artistlari klubi”ga bir ovozdan klub raisligiga O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov nomzodini saylandi.