O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro press-klubning navbatdagi sayyor anjumani 17-avgust kuni Buxoro viloyatida bo‘lib o‘tdi

2017-08-17 | Jamiyat

“Avliyolar yurti Buxoro: zamonaviy turizm, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, istiqbolli loyihalar makoni” mavzusidagi anjumanda viloyat hokimi O‘.Barnoyev va boshqalar Prezidentimiz tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi mamlakatimiz hayotining barcha sohalarini taraqqiyotning yangi bosqichiga ko‘tarishda muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilayotganini ta’kidladi. 

Inson, uning sha’ni va qadr-qimmati ulug‘langan, manfaatlari ustuvor bo‘lgan yurtimizda fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘rganish va hal etishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida bu boradagi ishlar ko‘lami yanada kengaymoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati, tuman va shaharlaridagi Xalq qabulxonalari fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, muammo va tashvishlariga yechim topishda yuksak samaralar bermoqda. Joriy yilning o‘tgan davrida ushbu qabulxonalarga 10 mingga yaqin ariza, shikoyat va takliflar kelib tushgan. Murojaatlar asosan uy-joy, tadbirkorlik sohasiga oid muammo va ijtimoiy yordam bilan bog‘liq masalalardir. 

Anjumanda iste’mol bozorini to‘ldirish va viloyat eksport salohiyatini yanada oshirish imkoniyatlari haqida so‘z yuritildi. Viloyatda g‘alladan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekinlar ekish masalasiga e’tibor qaratildi. O‘tgan yili shunday maydonlarning atigi 6 foizida mosh, sabzavot va moyli ekinlar yetishtirilgan bo‘lsa, joriy yilda 61 mingdan ziyod gektar yerga takroriy ekinlar ekilmoqda. 

Davlatimiz rahbarining joriy yil 10-11-mart kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi chog‘ida ko‘plab loyihalar qatorida paxtani qayta ishlash yo‘nalishi ham muhokama etilib, aniq choralar belgilangan edi. Unga ko‘ra, Romitan tumanida tashkil etiladigan klaster va boshqa yengil sanoat korxonalarida keyingi ikki yilda jami paxta xomashyosining 80 foizi qayta ishlanadi. Bu hozirgi ko‘rsatkichga nisbatan 50 foiz ko‘pdir. 

Paxtani chuqur qayta ishlashning nafaqat iqitisodiy, balki ijtimoiy afzalliklari ham juda ko‘p. Bunga Peshku tumanidagi “Merganteks” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati yaqqol misoldir. 

– Ilgari xorijda o‘tadigan xalqaro to‘qimachilik mahsulotlari ko‘rgazmalariga ishtirokchi sifatida borganman, – deydi korxona rahbari Ibrohim Hamroyev. – Mamlakatimizda tadbirkorlikka keng imkoniyat va qulayliklar yaratilayotgani tufayli bugun biz ham zamonaviy ishlab chiqaruvchi sifatida xalqaro ko‘rgazmalarda qatnashmoqdamiz. Bir necha yildirki, ip-kalava va mato eksport qilamiz. Yaqinda matoni chuqur qayta ishlash loyihasini amalga oshirdik. Endi xorijnikidan aslo qolishmaydigan kiyim-kechak ishlab chiqara boshladik. Yevropaning qator mamlakatlari bilan eksport qilish bo‘yicha shartnomalarimiz bor. 2019-yilga borib, ko‘ylak va boshqa mahsulotlar eksportini 35 million dollarga yetkazishni rejalashtirganmiz. 

Buxoro turizm sohasida katta imkoniyatlarga ega. Ammo sayyohlik infratuzilmasi va servis xizmatidagi kamchiliklar undan to‘la foydalanish imkoniyatini bermaydi. Prezidentimizning joriy yil 19-maydagi 2017-2019-yillarda Buxoro viloyati va Buxoro shahrida turizm salohiyatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori soha taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur hujjatga ko‘ra, turizm industriyasini rivojlantirish, yaqin yillarda Buxoro shahrida 4 va 5 yulduzli 11 mehmonxona qurish, yangi sayyohlik yo‘nalishlari ochish, xizmat ko‘rsatish sifatini xalqaro darajaga ko‘tarish ko‘zda tutilgan. 

Anjumanda Buxoro hunarmandligi imkoniyatlaridan samarali foydalanish tajribasi va uni yanada boyitish, aholi salomatligini mustahkamlash xususida ham atroflicha so‘z bordi. Kogon, Romitan, G‘ijduvon tumanlari hokimlarining hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida aholi farovonligini yuksaltirish, kam ta’minlangan oilalarni har tomonlama ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida olib borayotgan ishlari haqidagi axborotlari tinglandi. 

Viloyat aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida Prezidentimiz qarori asosida Qorako‘l va Olot tumanlarida 139 million dollar qiymatga ega loyihani amalga oshirishga kirishilgani ta’kidlandi. Aholi tomonidan telefon orqali bildirilgan yo‘llarni ta’mirlash, joylarda odamlar uchun yanada qulayliklar yaratish va boshqa takliflar ham ko‘rib chiqildi. 

Erkin Yodgorov, O‘zA 

Поделиться