O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi va safarbarlik tayyorgarligi yo‘nalishidagi ilmiy izlanishlar ustuvor yo‘nalishlarini tasdiqlash to‘g‘risida

2017-08-15 | Hujjatlar

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligining qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-iyundagi “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3030-son qarori ijrosini ta’minlash hamda aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada jadallashtirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Fan va texnologiyalar agentligi qaror qiladi

1. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Fan va texnologiyalar agentligi hamkorlikda:

aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi muammolarni ilmiy asoslarga tayangan holda yechishga yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkillashtirsin; 

sohada malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha tayanch doktorantura va doktorantura bosqichidagi ta’limni tashkil etishni ta’minlasin; 

aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarining ustuvor yo‘nalishlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 

2. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi ustuvor yo‘nalishlar doirasida bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini vazirlik tizimida amaliyotga tatbiq etish choralarini ko‘rsin. 

3. Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtiruvchi Ishchi guruh tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 

4. Mazkur qaror e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi. 


Favqulodda vaziyatlar vaziri                                              R.DJURAEV  

Fan va texnologiyalar agentligi Bosh direktori                M.BOLTABAYEV
  

Toshkent shahri, 2017-yil 7-avgust 

Поделиться