O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qonun loyihalari muhokama qilindi

2017-08-14 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi fraksiyalarining navbatdagi yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi.

Fraksiya a’zolari, ekspertlar, tegishli vazirlik, idoralar hamda OAV vakillari ishtirok etgan yig‘ilishlarda qator qonun loyihalari ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilib, muhokama qilindi. «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi, «Bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan ularni himoya qilish to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik subyektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risida»gi, "Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida"gi qonun loyihalari shular jumlasidandir. 

– Hozir yuridik va jismoniy shaxslarning davlat organlariga murojaatlari 2014-yilda qabul qilingan «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi qonun bilan tartibga solinadi, – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi Bunyod Eshonqulov. – Biroq ushbu qonun sohadagi umumiy masalalarni tartibga solsa-da, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashdagi huquqiy mexanizmlarni to‘liq ochib bermagan. Ya’ni «ishonch telefonlari» orqali murojaatlar, videokonferensaloqa yordamida fuqarolarni qabul qilish, joylarda xalq bilan muloqot o‘tkazish kabi zamonaviy hamda interaktiv uslublarni joriy qilishga qaratilgan normalar belgilanmagan. Bu boradagi milliy qonunchilikni yanada takomillashtirish, zamon talablari asosida qayta ko‘rib chiqish, albatta, partiyamiz elektorati manfaatlariga mos keladi. 

– «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik subyektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risida»gi qonun loyihasi 28 ta moddadan iborat, – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi Dilmurod Babashov. – Bu qonun loyihasi orqali tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, uni lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish tartibi, uning asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari tartibga solingan. 

– "Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida"gi qonun loyihasida davlat organlari va muassasalari o‘zlari qabul qilgan huquqiy axborotlarni rasmiy manbalardan tashqari veb-saytlar va boshqa manbalarda ham e’lon qilishi majburiy qilib belgilanmoqda, – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi Ulug‘bek Samadov. – 20-moddada davlat organining rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan hukuqiy axborot ishonchli bo‘lishi kerakligi, u ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadigan axborot bilan bir xil kuchga ega ekanligi belgilangan. Shundan kelib chiqib, biz mazkur qoidani "Normativ-huqukiy hujjatlar to‘g‘risida"gi qonunning 29-moddasi bilan muvofiqligini qayta ko‘rib chiqish taklifini bildirdik. 

– "Bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan ularni himoya qilish to‘g‘risida"gi qonun loyihasi bolalarni zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish va axborot olish kafolatlarini ta’minlash bo‘yicha huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlarni yaratadi, – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi Shuhrat To‘xtaboyev. – Bolalarni ruhiyatiga zarar yetkazuvchi ta’sirlardan himoya qilish, ularga ziyon yetkazuvchi axborot tarqatilishining oldini olish, cheklash yoki taqiqlash fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, jismoniy va yuridik shaxslar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. Mazkur qonun loyihasini yalpi majlisda muhokamaga kiritish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

 

Sayyora Shoyeva, O‘zA

Поделиться