O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Media tur: sement zavodida
2017-08-14 | Iqtisodiyot
“Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” media turining uchinchi kuni ishtirokchilar “Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyatiga tashrif buyurdilar.
Bu yerda ham ishtirokchilar zavodining ishlab chiqarish jarayonini modernizatsiyalash va sarflanayotgan energiya hajmini kamaytirish borasida erishilgan yutuqlari bilan tanishishdi.
Xozirda “Qizilqumsement” AJda media tur dasturida belgilangan 19 ta subloyihadan sakkiztasi amalga oshirilmoqda. Tadbir ishtirokchilari chastota o‘zgartirgichlar, zamonaviy kompressorlar, avtomatlashgan tarozi bilan ta’minlangan dozalagich, avtomatlashgan hom ashyoni uzatish va dozalash tizimi, konus maydalash mashinalari, zamonaviy shtabel taxlovchi uskunalar hamda tegirmon separatorlar ishlashi bilan tanishib o‘tdilar.
Uskunalar umumiy qiymati 17,6 million AQSH dollarga teng bo‘lib, undan 12 milliondan ortiq mablag‘i xalqaro kredit hisobidan amalga oshirildi.
Uskunalarning asosiy qismi ishga tushirilgani bois, zavod mutaxassislari Iqtisodiyot vazirligi xamda ommaviy axborot vositalari vakillarini mazkur ishlab chiqarish hududiga taklif qilib, ish jarayonini ko‘rsatishdi.
Ta’kidlab o‘tish joizki, dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, subloyihalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi natijasida yiliga 20,3 mln. kVt/s elektr energiya va 18,8 mln. kub.m. tabiiy gaz tejaladi. Ushbu ko‘rsatkichlar, o‘z navbatida, ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirishga va korxona daromadini oshirishga olib keladi. Bu energiya samarador subloyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlarining iqtisodiy afzalliklari yuqori darajada ta’sirga egaligini ko‘rsatadi.
“Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyati o‘z sohasida energiya samaradorligiga erishgan eng ilg‘or korxonalaridan biri hisoblasa bo‘ladi. Iqtisodiyot vazirligi va Jahon bank hamkorligida “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasi doirasida olib borilayotgan modernizatsiyalash ishlaridan tashqari, korxona ISO 50001 energomenedjment standarti sertifikatiga ega bo‘lib, yangi energiya resurslarini boshqarish strategiyasini joriy qilmoqda.
Media tur faoliyatini davom ettirmoqda.