O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkentda Osiyo taekvondo ittifoqining Bosh assambleyasi o‘tkazildi

2017-08-10 | Sport

Joriy yilning 11-13-avgust kunlari poytaxtimizda taekvondo bo‘yicha Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidenti kubogi uchun Osiyo mintaqasi musobaqasi bo‘lib o‘tadi. 

Nufuzli musobaqa doirasida Osiyo taekvondo ittifoqining Bosh assambleyasi bo‘ldi. 

Osiyo taekvondo ittifoqi prezidenti Kyu Seok Li va boshqalar O‘zbekistonda sportni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani va buning samarasida O‘zbekistonning sport salohiyati hamda nufuzi yuksalib borayotganini ta’kidladi. 

Mamlakatimizda Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan taekvondoning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, mahoratli sportchilarni tayyorlash hamda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘z samarasini berayotir. Yurtimizda takevondo bo‘yicha nufuzli sport musobaqalarining tashkil etilayotgani, o‘zbek taekvondo maktabi tarbiyalanuvchilarining jahon va qit’a chempionatlari, Osiyo va Olimpiya o‘yinlarida munosib ishtirok etib, yuksak g‘alabalarni qo‘lga kiritayotgani buning dalilidir. 

Osiyo taekvondo ittifoqi mamlakatimizda mazkur sport turini rivojlantirishga qaratilayotgan doimiy e’tibor, zamonaviy sport infratuzilmasi, har qanday nufuzli anjumanni yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha yaratilgan keng imkoniyatlar va to‘plangan boy tajribani hisobga olib, navbatdagi Bosh assambleyani Toshkent shahrida o‘tkazishga qaror qildi. 

Assambleyada o‘tgan davr mobaynida taekvondo sport turini yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar hamda istiqboldagi rejalar muhokama qilindi. 

2018-yili Indoneziyaning Jakarta shahrida o‘tkaziladigan Osiyo o‘yinlariga taekvondoning pumse – kompleks mashqlar yo‘nalishi ham rasman kiritilgani, endi mazkur yo‘nalishni yanada kengroq targ‘ib qilish bo‘yicha qit’amizning ko‘plab davlatlarida qator seminarlar o‘tkazish rejalashtirilgani yuzasidan ma’lumot berildi. Assambleyada taekvondoni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar va kelgusi rejalar, Osiyo taekvondo ittifoqining tashkiliy, moliyaviy, hakamlik, sport tibbiyoti va sportchilarning musobaqalardagi ishtiroki bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Поделиться