O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston Prezidenti Vetnam Prezidentiga hamdardlik bildirdi
2017-08-08 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vetnam Sotsialistik Respublikasi Prezidenti Chan Day Kuanga ushbu mamlakat shimolida yuz bergan hamda ko‘plab insonlarning halok bo‘lishi va vayronagarchiliklarga olib kelgan keng ko‘lamli suv toshqini munosabati bilan maktub yo‘lladi.
“Samimiy ta’ziyamni qabul qilishingizni hamda halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik va dalda so‘zlarimni yetkazishingizni so‘rayman, jabr ko‘rganlar tezroq sog‘ayib ketishini tilayman”, - deyiladi davlatimiz rahbari maktubida.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi