O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘mon Elchisi bilan uchrashuv
2017-08-08 | Siyosat
2017-yilning 8-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida O‘mon Sultonligining Favqulodda va Muxtor Elchisi Muhammad bin Said bin Muhammad al-Lavati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-O‘mon kun tartibining dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda tomonlarning qo‘shma loyihasi – Toshkent davlat sharqshunoslik instituti huzurida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qo‘lyozmalari markazi kutubxonasining yangi binosini qurish ishlari yakuniy bosqichga kirganligi mamnuniyat bilan qayd etildi. Shu munosabat bilan kutubxona ochilishining amaliy jihatlari hamda shu bilan bog‘liq tadbirlarda O‘zbekiston va O‘mon delegatsiyalarining ishtiroki yuzasidan fikr almashildi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi