O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sport xabarlari

2017-08-08 | Sport

Sport kurashlari. Finlyandiyada yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida terma jamoamiz a’zolari 1 kumush va 2 bronza medalni qo‘lga kiritdi. 

Erkin kurash bo‘yicha vazni 74 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar o‘rtasida Isa Shapiyev kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, yunon-rum kurashi bo‘yicha o‘tkazilgan bellashuvlarda Ilhom Bahromov va To‘rabek Tirkashev bronza medal bilan taqdirlandi.

* * *
 
Akademik eshkak eshish. Mamlakatimiz yosh sportchilari Litvada o‘tkazilgan jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Dunyoning 60 mamlakatidan besh yuzdan ortiq sportchi ishtirokida o‘tkazilgan nufuzli musobaqada terma jamoamiz a’zolari Alisher Turdiyev va Sardor To‘lqinxo‘jayev final bahsida yuqori natija ko‘rsatib, 2018-yil Argentinada o‘tkaziladigan o‘smirlar o‘rtasidagi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

 

Bayram Aytmurodov, O‘zA

Поделиться