O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qoraqalpog‘iston Respublikasida respublika idoralari rahbarlari xalq bilan muloqotda bo‘ldi

2017-08-07 | Jamiyat

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017 yilning mamlakatimizda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan joylarda islohotlarning borishi bilan yaqindan tanishish, qabul qilinayotgan qonun va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar ijrosini o‘rganish hamda aholining talab va takliflarini eshitgan holda kelgusi vazifalarni belgilab olish muhim ahamiyat kasb etadi.

Jumladan, davlat organlarining fuqarolar bilan o‘zaro munosabatlari tubdan qayta ko‘rib chiqilishi, bu borada aholi bilan doimiy muloqot o‘rnatish, ularni qiynayotgan muammolarni hal etishning yangi mexanizmlari va samarali usullarini joriy qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu maqsadda, joriy yilning 2 4 avgust kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham Respublika idoralari rahbarlari va mas’ul xodimlari tomonidan xalq bilan muloqot o‘tkazildi. Ularning dasturi “Adolatli jamiyat qurish hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish yo‘lida korrupsiyaga qarshi kurash muammolari”ga qaratildi.

Xalq bilan uchrashuvlarda Adliya vaziri o‘rinbosari A. Usmanov, shuningdek, vazirlik boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosarlari 
N. Muhammadiyev, A. Madaminov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri J. Sadыkov, vazirning birinchi o‘rinbosari A. Atajanovlar To‘rtko‘l, Taxtako‘pir, Shumanoy va Nukus tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazishdi.

Yuqorida qayd etib o‘tilgan tumanlarda o‘tkazilgan sayyor uchrashuvlarda aholi tomonidan bevosita Adliya vazirligiga jami 119 ta yozma ravishdagi murojaatlar kelib tushdi. Shundan 12 tasi joyida hal etilgan, bundan tashqari 107 tasi ko‘rib chiqilmoqda.

Ushbu murojaatlarni turlarga tasniflab tahlil qilganda, 1 ta korrupsiyaga oid, 9 ta uy-joy va yer, 11 ta moddiy yordam, 3 ta sog‘liqni saqlash, 13 ta ish va ish haqi, 8 ta tadbirkorlik, 7 ta elektr va gaz ta’minoti bo‘yicha, 10 ta bank kredit, 6 ta huquqiy idoralar va sud qabul qilgan qarorlardan norozilik, 18 ta oila va mahalla, 6 ta pasport-viza va 27 ta boshqa masalalar tashkil etadi.

Shu bilan bir qatorda, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori I.B.Abdullayev tomonidan Nukus shahri, Qo‘ng‘irot, Muynoq, Qanliko‘l tumanlarida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Raisi K.F.Kamilov tomonidan Nukus shahri, Kegeyli, Shumanoy va Beruniy tumanlarida, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri A.A. Azizov tomonidan Nukus shahri, Qorao‘zak, Qanliko‘l, Amudaryo tumanlarida, O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi raisi M.V.Toxiriy tomonidan Amudaryo, Qo‘ng‘irot, Xo‘jayli tumanlarida, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi B.R.Parpiyev tomonidan Nukus shahri, Chimboy, Qo‘ng‘irot va Ellikqal’a tumanlarida xalq bilan uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvlar taassurotlarga boy va qizg‘in o‘tdi va aholi tomonidan shunday uchrashuvlarning tez-tez bo‘lib turishi ijobiy natijalarga olib kelishi alohida ta’kidlab o‘tildi hamda davlatimiz rahbariga shunday tadbirlarni tashkil etgani uchun chuqur minnatdorchilik bildirib o‘tildi.

Поделиться