O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Adliya vazirligida uchrashuv

2017-08-02 | Jamiyat

2017 yilning 28- iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri M.Ikramovning Saudiya Arabistoni Podshohligining O‘zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Xisham bin Mish’al bin Suvaylim al-Suvaylim bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida Adliya vaziri M.Ikramov O‘zbekiston Respublikasi tomonidan Saudiya Arabistoni Podshohligi bilan har tomonlama va uzoq muddatli hamkorlik o‘rnatishga katta e’tibor qaratilganligini ta’kidlab, davlatimiz o‘rtasidagi siyosiy-huquqiy va madaniy aloqalar nafaqat bugungi kunda balki tarixdan chuqur ildiz olganligi haqida gapirib o‘tdi.

Jamiyatdagi ijtimoiy-huquqiy munosabatlar bir joyda turg‘un bo‘lmaganidek, ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar ham izchil rivojlanib borishini bildirib, hozirgi kunda O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida savdo-sotiq, iqtisodiyot, fan va texnika, madaniyat, sport va yoshlar siyosati, ikkiyoqlama soliqqa tortishning oldini olish, investitsiyalarni rag‘batlantirish va o‘zaro himoya qilish masalalariga oid bitimlar amal qilishi ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida tomonlar Saudiya Arabistoni Podshohi Salman bin Abdulaziz al-Saud janoblarining taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev AQSH va arab-musulmon mamlakatlarining Sammitida ishtirok etish uchun 2017- yilning 21- may kuni Saudiya Arabistoni Podshohligiga rasmiy tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishini bildirib o‘tishdi.

M.Ikramov O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Saudiya Arabistoni Podshohligi Adliya vazirligi o‘rtasida imzolanishi rejalashtirilgan anglashuv Memorandumi haqida gapirib o‘tdi.

Jumladan, ushbu Memorandum kelajakda mamlakatlarimizning huquqiy sohasidagi o‘zaro hamkorligini yangi bosqichga olib chiqishiga, ikki mamlakat adliya vazirliklari o‘rtasidagi hamdo‘stlik aloqalarini o‘rnatilishiga huquqiy asos bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladi.

O‘z navbatida elchi Xisham al-Suvaylim tashkil etilgan uchrashuv yuzasidan o‘z minnatdorchiligini bildirib, Saudiya Arabistoni O‘zbekiston Respublikasi bilan barcha sohalarda hamkorlik qilishga tayyor ekanligini ta’kidladi. Bunga yaqqol misol sifatida Adliya vaziri M.Ikramov tomonidan ta’kidlangan ikki davlat adliya vazirliklari o‘rtasida o‘rnatilgan hamkorlikni keltirish mumkin deb gapirib o‘tdi.

Xisham al-Suvaylim O‘zbekiston Respublikasi Saudiya Arabistoni Podshohligining eng yaqin hamkori ekanligini ta’kidlab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash bo‘yicha olib borayotgan islohotlari Saudiya Arabistoni tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini bildirib o‘tdi.

Suhbat yakuni bo‘yicha tomonlar uchrashuv erkin va samimiy ruhda bo‘lib o‘tganligini ta’kidlashdi

Поделиться